“SHAHARSOZ 2025” tanlov g’oliblari aniqlandi

“SHAHARSOZ 2025” tanlov g’oliblari aniqlandi
“SHAHARSOZ 2025” tanlov g’oliblari aniqlandi
“SHAHARSOZ 2025” tanlov g’oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Yosh Me’morlar Assotsiatsiyasi tomonidan UZUM milliy raqamli ekotizimi hamkorligida ta’sis etilgan “SHAHARSOZ 2025” mukofoti doirasida O‘zbekistonning yangi avlod me’morlarining ulkan g‘oyalari taqdim etildi hamda 5 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkazildi:

  • Shaharsozlik
  • Arxitektura
  •  Konstruktsiyalar
  • UZUM mahalla – jamoat makonlari
  • UZUM mahalla – kichik arxitektura shakllari

Mazkur tanlovda respublikamizning arxitektura yo‘nalishidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari, shuningdek, bir qator xorijiy nufuzli universitetlar talabalari tomonidan taqdim etilgan 150 dan ortiq loyiha o‘zaro bellashdi.

Tadbirning eng yorqin lahzalaridan biri shundaki, 5 ta nominatsiyaning 4 tasida g‘alaba aynan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti talabalari — Malikova Dinara, Kamilova Mahdiya, Amanova Shahlo va Eshnazarov Jahongirga nasib etdi.

Shu munosabat bilan TAQU ushbu nufuzli tanlovning eng yuksak mukofoti — “YIL UNIVERSITETI” unvoniga sazovor bo‘ldi.

Kuchli raqobatga qaramay, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti yana bir bor mamlakatning yetakchi “Arxitektura maktabi” ekanini amalda isbotladi.