TAQU Arxitektura fakulteti dekani Azamat Xasanov USIM o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanida bosh ma’ruzachi sifatida ishtirok etmoqda

TAQU Arxitektura fakulteti dekani Azamat Xasanov USIM o‘tkazilayotgan xalqaro anjumanida bosh ma’ruzachi sifatida ishtirok etmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti dekani Azamat Xasanov 2025-yil 20–21-avgust kunlari Malayziya Islom Ilmiy Universitetida (USIM) o‘tkazilayotgan “International Conference on Science, Built Environment & Engineering (ICOSBEE 2025)” xalqaro anjumanida bosh ma’ruzachi (Keynote Speaker) sifatida ishtirok etmoqda.

 A.O. Xasanovning ma’ruzasi mavzusi:

“Great Silk Road Service Infrastructure: Innovative Solutions for Sustainable Transport Corridors in the Era of I.R. 5.0”

Mazkur ishtirok universitetimizning xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda barqaror rivojlanishga hissa qo‘shish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.