TAQU Arxitektura fakulteti dekani Azamat Xasanov USIM o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy anjumanida bosh ma’ruzachi sifatida ishtirok etmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti dekani,
PhD Azamat Xasanov Malayziya Islom Ilmiy Universitetida (USIM) bo‘lib
o‘tayotgan “International Conference on Science, Built Environment &
Engineering (ICOSBEE 2025)” xalqaro ilmiy anjumanida bosh ma’ruzachi (Keynote
Speaker) sifatida ishtirok etmoqda.
Professor A.O. Xasanov anjumanda “Buyuk Ipak yo‘li xizmat ko‘rsatish
infratuzilmasi: I.R. 5.0 davrida barqaror transport yo‘laklari uchun
innovatsion yechimlar” mavzusida ma’ruza taqdim etmoqda.
Mazkur nufuzli anjuman ilm-fan, arxitektura va muhandislik sohalarida
global miqyosda dolzarb masalalarni muhokama qilishga qaratilgan bo‘lib, unda
dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi olim va mutaxassislar ishtirok
etmoqda.
Professor A.O. Xasanovning ilmiy ma’ruzasi Buyuk Ipak yo‘li
mintaqalarida transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish va barqaror
yechimlarni ilgari surishda muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu ishtirok TAQU ilmiy salohiyatining xalqaro miqyosda tan
olinayotganini ko‘rsatib, universitet olimlarining global ilmiy hamjamiyatdagi
faol hamkorligini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.