TAQU delegatsiyasining Tonji universitetiga tashrifi doirasidagi uchrashuvlar
Xitoy Xalq Respublikasiga
rasmiy tashrif bilan borgan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
delegatsiyasi Tonji universitetining Qurilish materiallari va Dasturiy
injiniring instituti faoliyati, shuningdek, ilmiy-innovatsion loyihalari bilan
tanishdi.
Tashrif davomida Tonji
universitetining Seysmik xavfsizlik kafedrasi vakillari bilan uchrashuv tashkil
etildi. Uchrashuvda sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlik, xalqaro grantlar
doirasida hamkorlik qilish, energiya samaradorligi, issiqlik izolyatsiyasi
materiallarini ishlab chiqish, shuningdek, cho‘l qumlaridan samarali
foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi. Shu bilan birga, ushbu
yo‘nalishlarda qo‘shma tadqiqotlar olib borish hamda tajriba almashishni yo‘lga
qo‘yish yuzasidan takliflar bildirildi.