TAQU prorektori D.Mirdjalilova Belarus Milliy Texnika Universitetida qator uchrashuvlar va tadbirlarda ishtirok etdi

2025-yil iyun oyida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori D.Mirdjalilova Belarus Milliy Texnika Universitetida qator uchrashuvlar va tadbirlarda ishtirok etdi.

Tashrif davomida Belarus Milliy Texnika Universiteti huzuridagi Masofaviy ta’lim xalqaro instituti (MIDO) direktori Sednina Marina Aleksandrovna hamda institutning yetakchi xodimi Satikov Igor Abuzarovich bilan istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilinib, qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish va tajriba almashish bo‘yicha fikr almashildi.

Shuningdek, Belarus Milliy Texnika Universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Yakushenko Kseniya Valentinovna bilan uchrashuv o‘tkazilib, ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy va ta’limiy hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Mazkur tashrif doirasida universitetning “Iqtisodiyot, qurilishni tashkil etish va ko‘chmas mulkni boshqarish” kafedrasi bitiruvchilarining diplom loyihalari himoyasida Davlat attestatsiya komissiyasi tarkibida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti vakillari faol ishtirok etdi. Himoya jarayonida jami 54 nafar talabaning diplom ishlari professional va belgilangan tartibda yuqori saviyada baholandi.

Bundan tashqari, Belarus Milliy Texnika Universiteti (BNTU) bosh binosida xorijiy talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Xalqaro aloqalar fakulteti dekani, Belarus Respublikasi fuqarolar migratsiyasi boshqarmasi boshlig‘i Shesnovich Igor Sergeyevich, Minsk shahrining avtomobil yo‘llari boshqarmasi inspektori Dmitriy Sergeyevich va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida xorijiy talabalar uchun Belorus Respublikasida ro‘yxatdan o‘tish tartibi, universitetdan chetlatishga olib keluvchi holatlar hamda qoidabuzarliklar yuzasidan qo‘llaniladigan choralar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilib, savol-javob shaklida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mazkur tashrif va uchrashuvlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi PQ-416-sonli “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektorining 2025-yil 10-iyundagi 4/69-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi. Shu munosabat bilan Belarus Milliy Texnika Universitetining sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar bilan ham targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar, yozgi maktablar va qo‘shma ta’lim dasturlarining mazmun-mohiyati haqida taqdimot o‘tkazilib, universitet faoliyatiga oid videoroliklar namoyish etildi.