TAQU prorektori D.Mirjalilova 2025-yil iyun oyida Belarus Milliy Texnik Universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi
2025-yil iyun oyida Ilmiy tadqiqot va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor
D.Mirjalilova Minsk shahridagi Belarus Milliy Texnik Universitetida tahsil
olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashdi va sayyor qabul o‘tkazdi.
Uchrashuvda talabalarining ta’lim jarayoni, ular uchun yaratilgan
shart-sharoitlar, yuzaga kelayotgan muammolar va bildirgan takliflar muhokama
qilindi. Shuningdek, talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish, ularning
innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston oliy ta’lim
muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr
almashildi.
Prorektor D.Mirjalilova talabalarni samarali ta’lim olish, ilmiy
izlanishlarda faol ishtirok etish va Vatanga munosib kadr sifatida qaytish
bo‘yicha tavsiyalar berdi hamda ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi hamda talabalarida katta
taassurot qoldirdi.