TAQU rektori B.A.Tulaganov akademik litsey bitiruvchilari uchun tashkil etilgan tantanali diplom topshirish marosimida ishtirok etdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi
akademik litseyda bitiruvchilarga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori B.A. Tulaganov, akademik faoliyat bo'yicha
prorektor, litsey direktori R.M.
Hadjayev ishtirok etib, bitiruvchilarni muhim bosqich — litsey ta’limini
muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan B.A. Tulaganov
yoshlarga katta hayot yo‘lida mustahkam bilim, qat’iyat va fidoyilik tiladi. U
o‘z nutqida ta’lim — jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri ekanini
ta’kidlab, yoshlarni zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganishga, yetuk
mutaxassislar sifatida shakllanishga chorladi.
Marosim davomida o‘zining yuksak bilim va faolligi
bilan ajralib turgan iqtidorli bitiruvchilarga faxriy yorliqlar, “Oltin” va
“Kumush” medallar tantanali ravishda topshirildi. Bitiruvchilar uchun ushbu
sana ularning hayotidagi muhim burilish nuqtasi bo‘lib, kelajakdagi katta
maqsadlar sari dadil odimlash uchun mustahkam zamin yaratadi.
Mazkur tadbir yosh avlodda Vatanga sadoqat, kasbga
mehr va yuksak ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarga sodiqlik ruhini mustahkamlashga
xizmat qiladi.