TAQU talabalari ayni kunlarda Malaya universitetida “Measured Drawing Practice” dasturi doirasida malakaviy amaliyot o‘tamoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari ayni kunlarda Malayziyaning nufuzli oliy
ta’lim muassasalaridan biri — Malaya universitetida “Measured Drawing
Practice” dasturi doirasida malakaviy amaliyot o‘tamoqda.
Amaliyot jarayonida talabalar Malayziyaning zamonaviy me’moriy va qurilish
obyektlarida o‘lchov ishlarini olib borib, loyihalash va qurilish sohasidagi
ilg‘or texnologiyalar, innovatsion yechimlar hamda zamonaviy qurilish
materiallari bilan yaqindan tanishmoqda.
Shuningdek, amaliyot davomida xorijiy professor-o‘qituvchilar, soha
mutaxassislari va talabalar bilan tajriba almashish, kasbiy bilim va amaliy
ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlashga
alohida e’tibor qaratilmoqda.

