TAQU va NIU MGSU o‘rtasida xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi

Uchrashuvlarda Toshkent arxitektura-qurilish universitetining strategik rejalashtirish bo‘yicha birinchi prorektori Adduvahob Abdukarimov, TAQU Texnoparki rezidenti — “Art Electro” kompaniyasi bosh direktori Vyacheslav Belov hamda TAQU rektori maslahatchisi Oleg Rubtsov ishtirok etdi.

NIU MGSU tomonidan Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish va texnologiyalari kafedrasi mudiri Azariy Lapidus, Menejment va innovatsiyalar kafedrasi dotsenti Tatyana Meshcheryakova, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Olga Makarova hamda Ta’limni internatsionallashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Aleksandr Deev muzokaralarda qatnashdi.

Muzokaralar davomida tomonlar ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi mustahkam tarixiy aloqalarni alohida ta’kidladilar.

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida rus va ingliz tillarida tarmoq ta’lim dasturlarini amalga oshirish, akademik mobillikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, “oyna (zerkal) laboratoriyalar” tashkil etish, shuningdek DPO va MBA dasturlarini joriy etish belgilandi.

Uchrashuvlar doirasida NIU MGSUning laboratoriya majmuasi bilan tanishilib, tegishli tarkibiy bo‘linmalar vakillari bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuv yakunda tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish va kafedralararo aloqalarni mustahkamlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.