TAQUda CAN24 xalqaro B2B platformasi ishga tushirildi

  2026-yil 15-may kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida CAN24 Qurilish va qurilish materiallari B2B elektron tijorat platformasining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan konferensiya hamda Xitoy–O‘zbekiston qurilish materiallari korxonalari o‘rtasidagi biznes uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
  Mazkur xalqaro tadbir CAN24 Platformasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamkorligida tashkil etildi.
 Konferensiyaning asosiy maqsadi qurilish materiallari sanoatini raqamlashtirish, ta’minot zanjirlarini optimallashtirish, elektron tijorat tizimlarini rivojlantirish, shuningdek ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.
  Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash hamda qurilish sanoatini modernizatsiya qilishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, 2025-yil 1-iyuldagi PQ-209-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar doirasida tashkil etildi.
  Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Sanoat Qurilish Banki, mahalliy va xorijiy qurilish materiallari kompaniyalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar hamda xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
   Tadbir doirasida CAN24 platformasining rasmiy taqdimoti o‘tkazildi hamda O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida “One-on-One” formatidagi biznes uchrashuvlar tashkil etildi.