TICA: Tailandda 2026-yilgi xalqaro magistratura va o‘quv kurslari
Tailand Xalqaro Hamkorlik Agentligi (TICA) tomonidan
2026-yilda Tailand xalqaro aspirantura dasturi (TIPP) hamda Yillik
xalqaro o‘quv kurslari (AITC) doirasida magistratura dasturlari va qisqa
muddatli o‘quv kurslari tashkil etilishi ma’lum qilindi.
Mazkur dasturlarda ishtirok etish istagini bildirgan
nomzodlar:
- ingliz
tilini mukammal darajada bilishi;
- belgilangan
talab va mezonlarga to‘liq javob berishi lozim.
Ma’lum qilinishicha, Respublikadan har bir
yo‘nalish bo‘yicha 3 nafargacha nomzod tavsiya etilishi mumkin.
Tavsiya etilgan
nomzodlarning:
- anketa va
- qayd
etish (ro‘yxatdan o‘tish) formalarining asl nusxalari
belgilangan muddatdan kamida 2 hafta oldin
vazirlikka taqdim etilishi shart.
Yillik xalqaro o‘quv kurslari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar, shuningdek magistratura
dasturlariga oid anketalar va ro‘yxatdan o‘tish shartlari havolalari ilova
qilingan Tashqi ishlar vazirligining rasmiy xatida keltirilgan.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun ilovalar bilan tanishishingiz so‘raladi.

