Toshkent arxitektura-qurilish universiteti delegatsiyasi Xitoyda o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
Ayni paytda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti vakillari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib o‘tayotgan “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasidagi Ilm-fan va texnologiya sohasida hamkorlikka bag‘ishlangan Ikkinchi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda. Ushbu nufuzli anjumanda universitet delegatsiyasi a’zolari ilmiy-texnologik hamkorlik, innovatsiyalarni rivojlantirish hamda ilg‘or tajribalarni o‘zaro almashish masalalari bo‘yicha o‘z ma’ruzalari bilan qatnashmoqda. Konferensiya doirasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va ilmiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.