Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Inner Mongolia University of Technology o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-yilning 7-avgust kuni Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti vakillari va Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim
muassasalaridan biri — Inner Mongolia University of Technology delegatsiyasi
o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Mazkur uchrashuv doirasida tomonlar ikki oliy ta’lim muassasasi
o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot
loyihalarini amalga oshirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi,
qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish kabi qator dolzarb masalalarni
muhokama qildilar.
Uchrashuv samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, tomonlar o‘zaro manfaatli
hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Yaqin istiqbolda
imzolanishi rejalashtirilayotgan hamkorlik memorandumi ikki oliy ta’lim
muassasasi o‘rtasidagi akademik va ilmiy aloqalarni yangi bosqichga olib
chiqishi kutilmoqda.