Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Malayziyaning USIM universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil
8 noyabrdagi PQ- 416- sonli qarori asosida professor o’qituvchilar va xodimlar
malakasini oshirish, xorijiy aloqalarni rivojlantirish maqsadida Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti bir guruh delegatsiya a'zolari 16.12.2024
yilda Malayziyaga tashrif buyurishdi. Delegatsiyani USİM universiteti jamoasi
kutib oldi, dastlabki uchrashuv va muhokamalar USİM universiteti Ta'lim sifati
nazorati bo'limi (Quality Control Department) vakillari hamda Xalqaro aloqalar
bo'limi (İnternational office) boshlig'i Dr.Fauziah Hassan ishtirokida bo'lib
o'tdi. Bundan tashqari USİM ning Malaka oshirish markazi direktori Dr. Khafiz
Bin Abu Hassan markaz faoliyati, talablari, Dr. Rami Universitet o'quv reja va
dasturlari, bosqichma-bosqich professor Ramiaida Binti Darmi rivojlanish
strategiyalari haqida ma'lumot berdi. Delegatsiyaning asosiy maqsadi TAQU va USİM o'rtasida qisqa va uzoq muddatli
hamkorlik rejalarini amalga oshirish orqali TAQU ni xalqaro miqyosda o'z o'rni
va mavqeiga ega universitet bo'lishiga hissa qo'shishdan iborat.