Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom To‘laganov Winter School Workshop tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda dastur doirasidagi asosiy yo‘nalishlar — shahar morfologiyasi, madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish hamda kam uglerodli binolar dizayni bo‘yicha Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Chongqing universiteti talabalari ishtirokida ikki bosqichda amalga oshirilayotgan qo‘shma tadqiqot loyihalari boshlanganligi ta’kidlandi.

Muloqot davomida oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, talabalar uchun amaliyot va stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ilmiy-amaliy va investitsiyaviy yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish hamda kelgusida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha har bir kafedra kesimida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.