Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida bo‘lib o‘tgan “Muruntov” forumida faol ishtirok etdi
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida tashkil etilgan
“Muruntov” forumi doirasida tarmoq–korxona–oliy ta’lim muassasasi hamkorligi,
ekologiya va suv resurslarini boshqarish, yangi ilmiy hamkorlik yo‘nalishlari
hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish masalalari keng muhokama
qilindi.
Tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom
Tulaganov faol ishtirok etib, universitetlar o‘rtasida o‘zaro tajriba
almashish, istiqboldagi qo‘shma ilmiy loyihalar va innovatsion tashabbuslarni
amalga oshirish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi.

