Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori iqtidorli talabalar bilan uchrashuv o'tkazdi
Mazkur tadbirda universitet rektori v.v.b. B.A.
Tulaganov rektor maslahatchisi J. Inoyatxo‘jayev hamda Korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘limi boshlig‘i M. Isakjanov ishtirok etdi. Uchrashuv davomida
talabalar o‘z ilmiy va ijodiy g‘oyalarini bayon etib, universitet rivojiga doir
takliflarini bildirdilar. Rektor ushbu tashabbuslarni tinglab, iqtidorli
yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash universitetning ustuvor
yo‘nalishlaridan biri ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘limi boshlig‘i M. Isakjanov akademik halollikni mustahkamlash,
ta’lim jarayonida shaffoflikni ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish
chora-tadbirlari yuzasidan ma’ruza qildi. Talabalarga ushbu masalada
universitetda amalga oshirilayotgan ishlar va ularning ahamiyati haqida
batafsil ma’lumot berildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan
savollarga javob oldilar hamda universitet rahbariyati tomonidan ularning
tashabbuslari har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.