Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Yaponiyaning yetakchi kompaniyalari bilan uchrashuvlar o'tkazdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom
To‘laganov boshchiligidagi delegatsiya
Yaponiyaning yirik sanoat va qurilish sohasida faoliyat yurituvchi
kompaniyalari — Daito Trust Construction, Daiwa House hamda Mitsui Sumitomo
rahbariyati bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Mazkur kompaniyalar global miqyosda yetakchi o‘rinlarni egallagan
bo‘lib, Daito Trust Construction kompaniyasining yillik aylanma mablag‘i
11,5–12 mlrd AQSH dollarini, dunyo bo‘ylab 26 ta ofisga ega Daiwa House
kompaniyasining yillik aylanma mablag‘i 35–36 mlrd AQSH dollarini, 41 ta ofisga
ega Mitsui Sumitomo kompaniyasining yillik aylanma mablag‘i esa 25–30 mlrd AQSH
dollarini tashkil etadi.
Uchrashuvlar davomida oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini
rivojlantirish, talabalar uchun amaliyot va stajirovka dasturlarini yo‘lga
qo‘yish, shuningdek, ilmiy-amaliy va investitsiyaviy yo‘nalishlarda qo‘shma
loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida
tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, tajriba almashish hamda
kelgusida aniq yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik memorandumlarini imzolashga
kelishib oldilar.

