Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari Malayziyada amaliyot o‘tab qaytdilar

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti talabalari, Arxitektura yodgorliklari kafedrasi v.v.b. dotsenti, a.f.b.f.d. (PhD) Mustafoev Shaxboz Shuxratovich rahbarligida Malayziyaning nufuzli Malaya universitetida o‘quv-amaliy safarda bo‘lib qaytdilar.

Unda Talabalar uchun Malaya universiteti talabalarining yillik ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Amaliyot jarayonida talabalar ikki guruhga bo‘linib faoliyat olib bordilar:

  • Birinchi guruh Malayziyaning mashhur “Negara” stadionida o‘lchov ishlari bilan shug‘ullandi.
  • Ikkinchi guruh esa Toshkentdagi “Alisher Navoiy” teatrini o‘rganish va o‘lchash ustida ishladi.

Amaliyot davomida talabalarning bilim va ko‘nikmalari yanada boyidi, ular Malaya universiteti talabalari bilan hamkorlikda ishlash, tajriba almashish va yangi metodlarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Bundan tashqari, talabalar Kuala Lumpur shahrining betakror arxitekturasi va tabiati bilan tanishdilar. Mazkur amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy tajribasini kengaytirish hamda ularda yangi g‘oyalar va maqsadlar shakllanishiga katta hissa qo‘shdi.

Dastur yakunida ishtirokchilar Malaya universiteti ma’muriyati tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.