Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari “Quyi Chotqol GES”da tanishuv amaliyotida bo‘lishdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Qurilish” fakulteti hamda “Muhandislik gidrotexnikasi va geotexnika” kafedrasi talabalari “Quyi Chotqol GES”ga tanishuv amaliyoti doirasida tashrif buyurishdi. Mazkur tashrifning asosiy maqsadi zamonaviy gidroelektr stansiyasining ishlash jarayoni bilan bevosita joyida tanishish, ishlab chiqarish tizimi haqida amaliy bilim va tasavvurlarni kengaytirishdan iborat bo‘ldi.
Tashrif davomida talabalar quyidagi yo‘nalishlar bilan
yaqindan tanishdilar
gidroturbinlar va generatorlarning ishlash prinsipi
elektr energiyasini uzatish tizimlari
yordamchi injenerlik kommunikatsiyalari
obyekt hududida joylashgan beton ishlab chiqarish zavodi.
Ma’lumot uchun: Quyi Chotqol GES — quvvati 90 MVt bo‘lgan, yiliga 292,2 million kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi yirik energetik inshoot hisoblanadi. Stansiyani ishga tushirish 2025-yilga rejalashtirilgan.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasi nomidan AO “O‘zbekgidroenergo”ga amaliyot jarayonini tashkil etganlari uchun chuqur minnatdorchilik bildiramiz.