Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Anhui Jianzhu University o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Xitoy – O‘zbekiston forumi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Anhui Jianzhu University
o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim,
ilmiy-tadqiqot, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, shuningdek,
qo‘shma ilmiy loyihalar va innovatsion dasturlarni amalga oshirish
yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.
Ushbu kelishuv natijasida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, yangi
akademik dasturlar ishlab chiqish hamda arxitektura va qurilish sohasida
qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro do‘stona aloqalarni yanada
rivojlantirish va istiqbolda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor
ekanliklarini bildirdilar.

