Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Malaya universiteti o‘rtasida hamkorlik doirasida o‘quv tashrifi amalga oshirildi

O‘zbekiston–Malayziya oliy ta’lim forumi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Malayziyaning nufuzli Malaya universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuv asosida Malaya Universitetining 29 nafar professor-o‘qituvchi va talabalari Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurishdi. Tashrifning asosiy maqsadi — Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Samarqand viloyatidagi madaniy meros obektlarini ilmiy jihatdan o‘rganish va ularda amaliy o‘lchov ishlarini olib borishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek, Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi akademik drama teatrida ikki universitet talabalari hamkorlikda o‘lchov amaliyotlarini o‘tkazishdi. Mazkur amaliyot jarayonlari nafaqat o‘zbekistonlik, balki malayziyalik talabalar uchun ham foydali tajriba maktabiga aylandi. Bu esa kelajakda ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida professor-o‘qituvchilar va talabalar miqyosida hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu bilan birga, Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 25 nafar faol talabasi joriy yilning avgust oyida Malayziyaning Malaya Universitetida bir oylik malaka oshirish dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.