Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Milan universiteti o‘rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga
Italiyaning Milan universiteti prorektori, professor Davide Del Curto tashrif
buyurdi. Uchrashuv davomida tomonlar ilmiy-tadqiqot, akademik almashinuv va
qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Mazkur
uchrashuv universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va ta’lim
jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirishga qaratilgan navbatdagi muhim
qadam bo‘ldi.