TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI va “OPTIMAL ARCHITECT GROUP” o‘rtasida memorandum imzolandi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida rektor B. Tulaganov hamda
“OPTIMAL ARCHITECT GROUP” MChJ direktori A.A. Yangiyev o‘rtasida uchrashuv
bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi
memorandum imzolandi.
Muzokaralar davomida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvga
erishildi:
✅ “Iqtisodiyot va ko‘chmas mulk” kafedrasi filialini
tashkil etish;
✅ talabalar uchun amaliyot o‘tash va ishga joylashish
imkoniyatlarini yaratish;
✅ yuqori natijalarga erishgan talabalar uchun kompaniya
stipendiyalarini joriy etish;
✅ dual ta’lim tizimi asosida ishlab chiqarish
amaliyotini loyihalash jarayonlari bilan integratsiya qilish.
Memorandumga muvofiq, bitiruvchi kurs talabalari zamonaviy
texnologiyalar va dasturiy vositalar asosida amaliyot o‘taydi. Amaliyot
yakunlariga ko‘ra, saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchilar
kompaniyada doimiy ish bilan ta’minlanadi.

