Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Oʻsh Texnika universiteti oʻrtasida keng qamrovli hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti  xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahridagi O‘sh Texnika universiteti bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamladi. 2025-yil 26-mart kuni O‘sh Texnika universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilaridan iborat 7 kishilik delegatsiya Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Mehmonlar universitetning zamonaviy moddiy-texnik bazasi, ilmiy va ta’lim laboratoriyalari, axborot-resurs markazi  talabalar turar joylari hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.  Ushbu uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va akademik tajriba almashinuvini kengaytirish hamda sifatli kadrlar tayyorlash jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Kelgusida tomonlar o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilgan.