Toshkent arxitektura-qurilish universiteti vakillari Yaponiyaning Takarazuka universitetida bo‘ldi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti vakillari Yaponiyaning
Takarazuka universiteti tillar fakulteti dekani va xodimlari bilan uchrashuv
o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar o‘z universitetlari faoliyati haqida
ma’lumot almashib, ikki oliygoh o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish
bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Xususan, talabalar, magistrantlar hamda
professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish, shuningdek,
hamkorlik to‘g‘risida shartnoma imzolash masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, ayni paytda Toshkent arxitektura-qurilish
universitetida faoliyat yuritayotgan yapon tili kursi tinglovchilarini qisqa
muddatli amaliyot o‘tkazish maqsadida Takarazuka universitetiga yuborish
imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

