Toshkent arxitektura-qurilish universiteti xorijiy hamkorlik doirasini kengaytirmoqda
2025-yil 8-may kuni Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh
shahrida joylashgan O‘sh texnologiya universiteti delegatsiyasi Toshkent
arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrifdan asosiy
maqsad ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish,
jumladan, “Iqtisodiyot va ko‘chmas mulk” kafedrasi negizida magistratura
mutaxassisligi hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim
dasturini yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida qo‘shma ta’lim
dasturi asosida o‘qitish uchun ishchi-o‘quv rejalar va namunaviy dasturlarni
tayyorlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilib, tegishli kelishuvlarga erishildi.