Toshkent arxitektura-qurilish universitetida davra suhbati
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetining Qurilish fakulteti “Gidrotekhnika va
geotekhnika muhandisligi” hamda “Bino va inshootlar qurilishi” kafedralari
professor-o‘qituvchilari Xitoyning “Luban” qurilish kompaniyasi mutaxassislari
bilan hamkorlikda “Bino va inshootlar qurilishida geotexnika muammolari”
mavzusida davra suhbati o‘tkazdi.
Tadbirda geotexnika
sohasidagi dolzarb masalalar, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari hamda amaliyotdagi
yechimlar muhokama qilindi. Shuningdek, xalqaro tajriba almashish va hamkorlikdagi
loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qaratildi.