Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “GOLDEN HOUSE PROPERTY GROUP” bilan hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida OOO
"GOLDEN HOUSE PROPERTY GROUP" kompaniyasi vakillari bilan navbatdagi
hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuv davomida tomonlar yangi
loyihalar, innovatsion g‘oyalar hamda zamonaviy binolarni loyihalash
masalalarini muhokama qildilar.