Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Janubiy Qozog‘iston universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov Muxtar Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Muxtar Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetidan:
- Janibekov Akinxoja Kalenovich – ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha
prorektor;
- Asilbekov Bakytjan Kaljanovich – ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha
prorektor o‘rinbosari;
- Sarsenbaev Bakytjan Qudaybergenovich – “Silikatlar, qurilish
materiallari va ekologiya” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri;
- Artykbaev Darxan Jaxsylykovich – “Sanoat, fuqarolik va yo‘l qurilishi”
kafedrasi o‘qituvchisi ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy
hamkorlikni rivojlantirish, xususan, qo‘shma ilmiy laboratoriya faoliyatini
yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlari va innovatsion loyihalarni birgalikda
amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada
kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.

