Toshkent arxitektura-qurilish universitetida muhandislik sohasi bo‘yicha press-tur

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida muhandislik sohasi bo‘yicha press-tur

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Sizni 2024-yil 23-aprel, chorshanba kuni muhandislik yo‘nalishiga bag‘ishlab tashkil etilayotgan press-turda ishtirok etishga taklif etadi.

Mazkur press-tur davomida ishtirokchilar universitetdagi ilmiy va o‘quv laboratoriyalar, dual ta’lim doirasidagi amaliyot maskanlari, shuningdek, muhandislik sohasi bo‘yicha amaliy qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishadilar

Tadbir dasturi:

09:00 — Press-tur ishtirokchilarini O‘zbekiston mehmonxonasi oldida kutib olish

09:30 — Universitetga yo‘lga chiqish

10:00 — Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif:

— Rasmiy kutib olish marosimi

— Ishtirokchilarning ro‘yxatdan o‘tishi

— Dastur va yo‘nalishlar bo‘yicha qisqacha taqdimot

10:30 - 12:30 — Ekskursiya:

Universitet muhandislik yo‘nalishidagi zamonaviy ilmiy va o‘quv laboratoriyalari bilan tanishtirish. Dual ta’lim asosida hamkorlik qilinayotgan tashkilotlar haqida ma’lumotlar taqdim etiladi.

12:30 - 13:30 — Tushlik:

Universitet mehmonxonasida ishtirokchilar uchun tushlik tashkil etiladi.

14:00 - 15:00 — Qurilish obyektiga tashrif:

Golden House kompaniyasiga qarashli “O‘zMahal” qurilish maydoniga tashrif. Ishtirokchilar muhandislik va qurilish jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Talabalarning ushbu jarayonlardagi ishtiroki bo‘yicha amaliy misollar ko‘rsatib o‘tiladi.

15:30 — Tadbir yakuni.

Ishtirokchilar avtobus orqali O‘zbekiston mehmonxonasiga qaytariladi.

Tadbir yakunida barcha OAV vakillariga Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari topshiriladi.

Tadbir sanasi: 2024-yil 23-aprel, chorshanba

Boshlanish vaqti: 09:00

Yig‘ilish manzili: O‘zbekiston mehmonxonasi, Toshkent shahri

Axborot xizmati:

Telefon: +998 77 250 88 11

Veb-sayt: www.taqu.uz