Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Polsha Respublikasining Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Polsha Respublikasining Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv “Qo‘shma ta’lim dasturlari” doirasida olib borilayotgan hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlandi.

Tadbirda Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti rektori, Qozog‘iston Respublikasining Polshadagi faxriy konsuli, Polsha hukumati huzuridagi iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchi professor Aleksandr Prokopyuk, suv resurslarini boshqarish bo‘yicha xalqaro ekspert professor Marek Gromets, shuningdek PROEKO va BSK BIOGEST korxonalari rahbari, Belostok texnologiya universiteti sobiq prezidenti (2012–2020-yillar) professor Lex Dzenis ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida 2025-yilda ikki universitet o‘rtasida imzolangan “Qo‘shma ta’lim dasturlari” doirasidagi hamkorlik natijalari muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalish asosida 2025/2026-o‘quv yili uchun 45 nafar talaba Belostok Oliy iqtisodiyot universitetining magistratura dasturlariga qabul qilindi.

Shuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan:

bakalavriat bosqichida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;

talabalar almashinuvi dasturini amalga oshirish;

professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish;

qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Mazkur uchrashuv Toshkent arxitektura-qurilish universitetining xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.