Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz! nomli tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!
nomli tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda universitet professor-oʻqituvchilari,
xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Bayram dasturida oʻzbek
xalqining qadimiy anʼanalari, urf-odatlari, qoʻshiqlar, raqslar namoyish
etildi. Shuningdek talabalar bir qancha milliy sport turlari boʻyicha oʻzlarining
kuch va mahoratlari bilan oʻzaro bellashdilar.