Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Rahbar va yoshlar: Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi
O‘zbekiston Transport,
yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi hodimlari Respublika kengashi
bilan hamkorlikda Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Rahbar va
yoshlar: Konstitutsiya — huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida ochiq muloqot
tashkil etildi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha
prorektor Mardov Sanjar Xudoyqulovich ochib berdi.
Uchrashuvda quyidagi soha mutaxassislari ishtirok etdi:
- O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi
hodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Dehqonov Nodir
Shukhratovich
- Kasaba uyushmasining Toshkent shahar kengashi raisi Saydaliev Husniddin
Kamalovich
- Respublika kengashi yuristkonsulti Nishonova Lola Kadiralievna
- Respublika kengashi yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi, yoshlar
masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi Yusupov Mirziyod Mirkhomid o‘g‘li
- Toshkent arxitektura-qurilish universiteti kasaba uyushmasi qo‘mitasi
raisi Kasimova Feruza Ergashevna
Muloqot davomida yoshlarga oid davlat dasturining ahamiyati
Konstitutsiyada belgilangan huquq va erkinliklar, yoshlarning ijtimoiy
faolligini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Talabalar
o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldi.

