Toshkent arxitektura-qurilish universitetida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Moskva davlat qurilish
universiteti va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasidagi
hamkorlik doirasida geotexnika sohasidagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan
seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmoni — Moskva davlat qurilish
universiteti Gruntlar mexanikasi, poydevorlar va asoslar kafedrasi mudiri Chunyuk
Dmitriy Yurievich bo‘ldi.
Seminar davomida
zamonaviy geotexnik muammolar muhokama qilindi, shuningdek, TAQU va MGSU
o‘rtasida geotexnik qurilish yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturlarini yaratish
bo‘yicha fikr almashildi.
Tadbirda Toshkent arxitektura-qurilish universitetining professor-o‘qituvchilari,
doktorantlar, magistrantlar va tayanch doktorantlar, shuningdek, O‘zbekiston
Respublikasi loyihalash tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari ishtirok
etdi.