Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Sun’iy intellekt (AI) dan foydalanishda axborot xavfsizligi” mavzusida bo‘lib o‘tkaziladigan seminar-treningga taklif etamiz
Hurmatli xodimlar,
professor-o'qituvchilar va talabalar!
Sizlarni 2026-yil 9-sentyabr kuni soat 10:30 da 3-blok 401-xonada "Sun'iy
intellekt (AI) dan foydalanishda axborot xavfsizligi" mavzusida
o'tkaziladigan seminar-treningga taklif etamiz.
Seminarda Raqamlashtirish va korporativ ma'lumotlar markazi mutaxassislari
tomonidan sun'iy intellekt xizmatlaridan foydalanishda xizmat ma'lumotlarini
himoya qilish, maxfiy va shaxsiy ma'lumotlarni AI tizimlariga kiritish bilan
bog'liq xavflar hamda ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari to'g'risida
atroflicha ma'lumot beriladi.
Barchangizni ishtirok etishga taklif qilamiz!

