Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalarni ish bilan ta’minlash hamda amaliyotga keng jalb etish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi
Iqtisodiyot va ko‘chmas mulk kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda “OPTIMAL ARCHITECT GROUP” kompaniyasi direktori Yangiyev A., ta’sischisi Choriyev Z. hamda yetakchi mutaxassis Hojizoda K. universitetning turli yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar bilan muloqot qildilar.
Uchrashuv davomida kompaniya rahbariyati tomonidan talabalar uchun stipendiyali amaliyotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim taklif ilgari surildi.

