Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida TİKA hamkorligida yangi laboratoriya ishga tushirildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Turkiyaning yetakchi
tashkilotlaridan biri — Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi TİKA
ko‘magida tashkil etilgan yangi laboratoriyaning tantanali ochilish marosimi
bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori v.v.b. B.A. Tulaganov, TİKA vakillari hamda
Turkiyadan tashrif buyurgan mehmonlar ishtirok etdilar.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar ushbu laboratoriyaning
universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, talabalarning amaliy
bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni
kengaytirish yo‘lida muhim qadam ekanligini ta’kidladilar.
Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan ushbu laboratoriya qurilish
materiallarini sinovdan o‘tkazish, muhandislik tahlillari hamda turli
innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish imkonini yaratadi.
Ushbu loyiha universitetning xalqaro standartlarga mos ravishda ilmiy
izlanishlar olib borish hamda ta’lim jarayonining sifatini oshirish borasidagi
sa’y-harakatlarining natijasi sifatida e’tirof etildi.
Tadbir doirasida tomonlar kelgusida ilmiy innovatsion loyihalarni
qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini ham
muhokama qildilar.