Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xalqaro seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetining “Arxitektura”
fakultetida Portugaliyaning nufuzli Porto
universiteti professori, xalqaro ekspert Jose Luis Gomes ishtirokida seminar-trening
tashkil etildi.
Mazkur
uchrashuv fakultet
professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va magistrantlar uchun o‘tkazilib, unda
xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish, zamonaviy arxitektura yo‘nalishidagi
loyihalarni bajarish, shuningdek, ilmiy maqolalarni xalqaro darajadagi,
xususan, QS reytingiga kiruvchi ilmiy jurnallarda chop etishning barcha
bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Professor Jose
Luis Gomes seminar davomida maqola yozishning ilmiy-me’yoriy talablari,
tahririy jarayon, nashr strategiyalari kabi muhim jihatlar yuzasidan atroflicha
ma’lumot berdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob
olishdi, shuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlik yo‘nalishida tajriba almashish imkoniyatiga
ega bo‘lishdi.