Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Xitoylik professorlar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamkorligida Xitoy Xalq
Respublikasining Chjeszyan qurilish kollejidan tashrif buyurgan professorlar
Yang Yang, Wang Jinghui, Chen Jia hamda Zhang Yaoyao ishtirokida
seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar-treningda universitet professor-o‘qituvchilari, tayanch
doktorantlar, shuningdek, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti negizidagi
Sergeli tumani politexnikumi, Olmaliq qurilish va kommunal xo‘jaligi texnikumi,
Sirdaryo arxitektura va qurilish texnikumi hamda Qashqadaryo arxitektura va
qurilish texnikumi kabi professional ta’lim muassasalari rahbar xodimlari
qatnashdi.
Tadbir davomida arxitektura va qurilish sohasidagi zamonaviy va dolzarb
mavzular muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga
atroflicha javoblar oldilar. Seminar-trening samimiy va qizg‘in muhokamalarga
boy tarzda o‘tdi.