Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yaponiya davlatining “Mitsui” yirik kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida Yaponiya davlatining “Mitsui” yirik
kompaniyasi vakillari bilan suv resurslarini tejashga qaratilgan innovatsion
texnologiyalar yuzasidan amaliy va nazariy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan suvni tejovchi
texnologiyaning ishlash tamoyillari batafsil taqdim etildi.
Mazkur texnologiyaning samaradorligini amalda sinab ko‘rish maqsadida
universitet talabalar yotoqxonasida joylashgan suv chiqarish moslamalarida
tajriba-sinov ishlari o‘tkazildi.
Sinovlar jarayonida texnologiyaning suv sarfini sezilarli darajada
kamaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tajribalar ijobiy natija bergan taqdirda, ushbu uskunalarni universitet
hududidagi barcha suv chiqarish quvurlari, rakvinalar hamda vannalarga
bosqichma-bosqich o‘rnatish masalasi muhokama etildi.
Mazkur uchrashuv suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik
barqarorlikni ta’minlash hamda universitet infratuzilmasini zamonaviy
texnologiyalar bilan jihozlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.

