Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yashil qurilish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yashil qurilish” masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Rossiya Federatsiyasidan taklif etilgan faxriy mehmon — fan nomzodi, dotsent, Rossiya arxitektura va qurilish fanlari akademiyasi (RAASN) maslahatchisi Andrey Benuj ishtirok etdi.

Davra suhbatida quyidagi dolzarb mavzular muhokama qilindi:

O‘zbekiston Respublikasida “yashil” qurilishni rivojlantirish strategiyalari;

“Yashil” qurilish boʻyicha davlatlararo qoʻmita tashkil etish masalalari;

“Yashil” standartlar bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yangilash ehtiyoji;

Yashil moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish imkoniyatlari.

Tadbir doirasida ishtirokchilar barqaror qurilish yondashuvlarini joriy etish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashdilar.