Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tadbir o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025-yil 15-sentabrdan 15-oktabrgacha davom etadigan “Yong‘inda ogohlik” umumxalq kampaniyasi oyligi doirasida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

Tadbir Fuqaro va mehnatni muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i O. Berdiyorov hamda yong‘in xavfsizligi instruktori R. Axunov ishtirokida, Toshkent shahar Yunusobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda universitetning professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari va 1-kurs talabalari qatnashdi. 160 nafar talaba ishtirokida o‘tkazilgan nazariy mashg‘ulotlarda videoroliklar namoyish qilindi, munozarali davra suhbatlari tashkil etildi.

Shuningdek, Yunusobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi profilaktika va nazorat bo‘limi inspektorlari Temur Kuchkorov va M. Ubaydullaev ham tadbirda faol qatnashdilar.