Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga Xitoy harbiy muhandislik sohasining vakillari tashrif buyurdi
7-aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish
universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining harbiy muhandislik sohasi vakillari
rasmiy tashrif bilan kelishdi. Tashrif davomida tomonlar o‘zaro hamkorlik
aloqalarini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha tajriba almashish
hamda qurilish materiallari ishlab chiqarish texnologiyalari sohasida qo‘shma
faoliyat olib borish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, ikki tomonlama
talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish, akademik hamkorlikni
kengaytirish hamda qo‘shma loyihalarda ishtirok etish yuzasidan kelishuvlarga
erishildi.