Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Istanbul Texnika Universitetida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari stajirovka o‘tashmoqda
2025-yil noyabr oyida Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan Istanbul
Texnika Universiteti, Istanbul Aydin Universiteti, Kandilli Observatory
(Kandilli ilmiy-tadqiqot markazi) hamda Beylikdüzü Disaster Education Center
(Beylikduzu favqulodda vaziyatlar markazi) da seysmik xavfsizlik sohasiga
bag‘ishlangan ilmiy-amaliy stajirovka o‘tkazilmoqda.
Mazkur stajirovkada Toshkent arxitektura-qurilish universitetidan Bino
va inshootlar qurilishi kafedrasi mudiri Baymatov Sh.X., dotsent Abduraimova
X.R., Qurilish va atrof-muhit muhandisligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Abduqodirov F., hamda Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik kafedrasi
dotsenti v.b. Raxmanov B.K. faol ishtirok etmoqda.
Dastur davomida ishtirokchilar Turkiya Respublikasida seysmik
xavfsizlikni ta’minlash, xavf tahlili, favqulodda vaziyatlarda harakatlanish,
muhandislik yechimlarini ishlab chiqish hamda binolarning zilzilabardoshligini
oshirish borasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishmoqdalar.
Stajirovka doirasida delegatsiya a’zolari fuqarolik muhandisligi
laboratoriyalari, favqulodda vaziyatlar ta’lim markazlari, ilmiy-tadqiqot
institutlari va seysmik himoya tizimlari bilan jihozlangan yirik inshootlar
faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, Istanbul Proje Koordinasyon
Birimi, Kartal Dr. Lütfi Kirdar Shahar Kasalxonasi, Gürlek Nakipoğlu Anadolu
Litseyi va Yeditepe Universitetida tashkil etilgan uchrashuv va taqdimotlarda
ishtirok etishdi.
Mazkur ilmiy-amaliy stajirovka Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti olimlariga xalqaro tajriba almashish, zamonaviy qurilish
me’yorlari va seysmik muhandislik yondashuvlarini o‘rganish imkonini bermoqda.

