Turkiyaning Mimar Sinan universitetida va Istanbul texnika univeristetida malaka oshirish va hamkorlikni yo'lga qo'yish
Toshkent
arxitektura-qurilish universitetining “Arxitektura” fakulteti vakillari,
Turkiyaning Mimar Sinan va Istanbul texnika universitetlarida xizmat safarida
bo’lib turibdi.
Safar
davomida mutahassislarimiz Turkiyaning Istanbul
universitetida ham bo’lishdi. Uchrashuvda halqaro aloqalar bo’limi
boshligi Dots. Dr. Feyza Nur TUNCER KILINÇ, Arxitektura
fakulteti dekani Prof.Dr. YUKSEL DEMİR hamda
Shahar va
hududiy rejalashtirish boshqarmasi boshligi Dots.Dr. METE BAŞAR BAYPINAR va
Erasmus va boshqa turli loyihalar bo’yicha
mutahassislar ishtirok etishdi.
Uchrashuvlar
chog’ida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
- ikkita
universitet o’rtasida hamkorlik shartnomasini imzolash
- birgalikda
ilmiy loyihalar bajarish
- Professor-o’qituvchilar
va talabalar o‘rtasida akademik almashinuvni yo'lga qo'yish.
- Yozgi
ta’lim maktablarini tashkil etish.
- Ilmiy
tadqiqotlar va ilmiy maqolalar bo’yicha hamkorlikni kengaytirish.
Shuningdek,
delegatsiya Istanbul universitetining turli kafedralari, innovatsion
markazlari, o’quv jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Ma’lumot
uchun Istanbul universiteti Qs reytingda topda 621 o’rinda turadi.