UNESCO-Al Fozan xalqaro mukofoti
YUNESKO
ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi kotibiyatining Ilm-fan,
texnologiyalar, muhandislik va matematika sohalaridagi yosh olimlarni
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha UNESCO-Al Fozan xalqaro mukofotining
2027-yilgi davrasi uchun nomzodlardan arizalar qabul qilinayotganligi
ma’lum qilingan.
Shu munosabat bilan, Sizdan oliy ta’lim tashkilotidagi
munosib nomzodlarni aniqlab, ularning hujjatlarini joriy yilning 30-noyabr
sanasiga qadar https://apply.unescoalfozanprize.org/register havolasi
orqali taqdim etishingiz so‘raladi.

