Universitet rahbariyati va "GOLDEN HOUSE " kompaniyasi bosh direktori bilan navbatdagi uchrashuv
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati “GOLDEN
HOUSE” kompaniyasi bosh direktori V. L Kalina bilan navbatdagi uchrashuvi
boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda imzolangan shartnomaga asosan ikki tashkilot tomonidan hamkorlikdagi
vazifalarni yana bir bor koʻrib chiqib amalga oshirilgan bir qator
vazifalar sanab oʻtildi. Bundan tashqari “GOLDEN HOUSE” tashabbusi bilan
talabalarga yangi yoʻnalishlarni yaʼni mahsulotshunoslik fanlarini joriyi etish
taklifi namoyish etildi. Uchrashuv yakunida belgilangan vazifalarni amalga
oshirish hamda talabalar uchun amaliyot masalalariga ham to'xtalib o'tildi.