“UralStroyIndustriya” Xalqaro ko‘rgazma-forumi
2026-yil 25–27 fevral kunlari Ufa shahrida “UralStroyIndustriya”
Xalqaro ko‘rgazma-forumi hamda “ProNedvijimost” ko‘rgazmasi bo‘lib
o‘tadi. Tadbir tashkilotchilari — Bashkortostan Respublikasi Hukumatі,
Respublika Qurilish va arxitektura vazirligi hamda “BVK” ko‘rgazma kompaniyasi.
“UralStroyIndustriya” forumi Rossiya Federatsiyasi
mintaqalarida uy-joy, transport, ijtimoiy va kommunal infratuzilmani yangi
sifat darajasida rivojlantirish bo‘yicha yechimlar ishlab chiqiladigan yillik
maydon bo‘lib, zamonaviy qurilish materiallari, raqamli yechimlar va
innovatsion texnologiyalarni targ‘ib etishga xizmat qiladi.
2025-yil yakunlariga ko‘ra, forumda Rossiyaning 16
mintaqasidan 90 ta kompaniya ishtirok etgan, 160 nafar spiker qatnashgan 23 ta
tadbir o‘tkazilgan va ko‘rgazmani 7 300 nafar mutaxassis tashrif buyurgan.
Joriy yilgi dastur doirasida qurilish tarmog‘ining asosiy
yo‘nalishlari bo‘yicha 25 dan ortiq sohaga oid sessiyalar o‘tkazilishi
rejalashtirilgan. Ular orasida:
– qurilishda
raqamli texnologiyalar qo‘llanilishi;
– qonunchilikdagi o‘zgarishlar;
– narx belgilash va normativlar;
– uy-joy bozori, ko‘chmas mulk va ipoteka tendensiyalari;
– assotsiatsiyalar va qurilish tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik;
– qurilish sohasida innovatsion mahalliy ishlanmalar.
Shuningdek, B2B uchrashuvlar, master-klasslar, professional
mahorat tanlovlari va ishlab chiqarish korxonalariga texnologik sayohatlar
o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Tadbirning markaziy qismi — “Rossiya qurilish sohasi: 2030
yil uchun maqsadlar, tendensiyalar va asosiy rivojlanish yo‘nalishlari”
mavzusidagi Plenar sessiya bo‘ladi.
Universitetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari
Forumning biznes dasturi doirasida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza bilan
ishtirok etishga tashkilotchilar tomonidan taklif etilganligini ma’lum
qilamiz.
Batafsil ma’lumot uchun:
+7 (347) 295-98-97, ar@bvkexpo.ru
Rasmiy sayt: www.stroybvk.ru

