"VEZA" kompaniyasi va "TAQU" o‘rtasidagi hamkorlik doirasida yangi qadam

"VEZA" kompaniyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi bilan o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida amaliy choralar ko‘rmoqda. Ushbu hamkorlik doirasida kompaniya tomonidan kafedraga zamonaviy laboratoriya jihozlari taqdim etiladi.

Mazkur tashabbus ta’lim sifatini oshirish, talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda sohaga yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

"VEZA" kompaniyasi ta’lim muassasalari bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali Respublikada muhandislik sohasida yetuk mutaxassislar yetishib chiqishiga o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilgan.